Videoretsept: oshqovoqli latte
Masalliqlar:
-
100 gramm qovoq
-
200 millilitr issiq sut
-
100 millilitr damlangan achchiq qahva
-
2 chimdim dolchin
-
bir chimdimdan zanjabil va muskat yong'og'i
-
xohishga ko’ra ko'pirtirilgan qaymoq
Yo’nalishlar
Oshqovoqli latte – chinakam kuzgi ichimlik bo’lib, oshqovoqli pyure va xushbo’y ziravorlar qo’shib tayyorlanadi. Bunday ichimlik nafaqat sovuq kechalarda isitadi, balki ertalab tetiklantiradi va yaxshi kayfiyat qo’shadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm qovoq | |
200 millilitr issiq sut | |
100 millilitr damlangan achchiq qahva | |
2 chimdim dolchin | |
bir chimdimdan zanjabil va muskat yong'og'i | |
xohishga ko’ra ko'pirtirilgan qaymoq |
Oshqovoqni tozalab, o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.
Oshqovoqni folgaga o’rab, 200C gacha qizdirilgan pechda 40-45 daqiqa davomida yumshaguncha pishiramiz.
Oshqovoqni sanchqi yoki blender yordamida pyure holatiga keltiramiz.
Issiq sutga oshqovoq pyuresi, dolchin, zanjabil va muskat yong’og’ini qo’shamiz.
Sutni stakanlarga qo’yamiz. Ustiga achchiq damlangan qahva qo’yamiz.
Masalliqlar:
100 gramm qovoq | |
200 millilitr issiq sut | |
100 millilitr damlangan achchiq qahva | |
2 chimdim dolchin | |
bir chimdimdan zanjabil va muskat yong'og'i | |
xohishga ko’ra ko'pirtirilgan qaymoq |