fbpx
Videoretsept: «Kordon Blyu» tovuqli ruletchalari

Videoretsept: «Kordon Blyu» tovuqli ruletchalari

Masalliqlar:

  • Panirovka uchun

  • Qovurish uchun

Yo’nalishlar

Mazali go’sht, erigan pishloqli nachinka, xushbo’y dudlangan go’sht – bunday lazzatli taom barchani ishtahasini ochar. Yoniga sevimli garnir yoki salatingizni qo’shsangiz – tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib tanlov. Bu taomni tayyorlash oson va tez, natijasi esa hayratlanarli.   

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
100 gramm dudlangan go'sht
100 gramm pishloq
Panirovka uchun
1 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
150 gramm quritilgan non bo'laklari
100 gramm un
Qovurish uchun
100 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Dudlangan go’sht va pishloqni bir hil hajmda yupqa bo’laklarga kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq filesini 2 ta yupqa bo’lakga kesib, plyonkaga o’rab, oshxona bolg’asi bilan ikki tomonini urib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq filesining har bo’lagiga dudlangan go’sht va pishloq qo’yib, rulet shaklida o’rab, tish tayoqchalari bilan birlashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tuxumga tuz qo’shib sanchqi bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ruletchalarni unga, so’ngra tuxumga va panirovka uchun non bo’lachalariga bulaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ruletchalarni barcha tomonini qizartirib o’simlik yog’ida qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ruletchalarni patnisga terib, 10-15 daqiqa davomida 180C darajali pechda pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor bo’lgan «Kordon Blyu» ruletchalarini issiq holatda dasturxonga tortamiz. Xohishga ko’ra yoniga garnir yoki salat solamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
100 gramm dudlangan go'sht
100 gramm pishloq
Panirovka uchun
1 choy qoshiq tuz
2 ta tuxum
150 gramm quritilgan non bo'laklari
100 gramm un
Qovurish uchun
100 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: tuxumli ramyon
keyingi
Videoretsept: yong’oq va shokolad pastali rulet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.