fbpx
Videoretsept: ko’katli qatlama

Videoretsept: ko’katli qatlama

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qatlama — qavatli xamirdan o’zbekcha pishiriq. Uni tayyorlash uchun ko’p masalliq kerak emas, ammo tam’i juda mazzali, qarsillagan, o’zi esa qizargan va qavatli bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
360 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq tuz
600 gramm un
160 gramm "Milter" margarini
3 bog' ko'kpiyoz
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishga un, iliq suv va tuzni qo’shib xamir qoramiz. Xamirni sochiq ostida 20 daqiqaga xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni 2 qismga bo’lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir yoyadigan joyni unlaymiz. Har bir bo’lakni 2 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamir ustiga eritilgan margarin surtib, maydalangan ko’kpiyoz sepamiz va ustiga yana bir xamirni qo’yib xuddi shi harakatlarni qaytaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni uzun juvaga o’raymiz. O’tkir pichoq yordamida o’ralgan xamirni bir tomonini uzunlik bo’yicha kesamiz va xamirni olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni 4 ta teng bo’lakga kesamiz. Har birini «shilliq qurt» shaklida o’raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir xamirni 1 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Katta tovani olovga qo’yib, o’simlik yog’i quyib qizdiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qatlamani ikki tomonini 3-4 daqiqadan qizartirib qovuramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ko’katli qatlama tayyor. Eng mazzalisi qatlamani issiqligida iste’mol qilish.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida.

Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 5
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
360 millilitr iliq suv
1 osh qoshiq tuz
600 gramm un
160 gramm "Milter" margarini
3 bog' ko'kpiyoz
oldingi
Videoretsept: tvorog va olchali brauni
keyingi
Baqlajondan pashtet

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.