fbpx
  • Asosiy
  • Videoretsept: Garri Potter kitobidan shokoladli iris qandi
Videoretsept: Garri Potter kitobidan shokoladli iris qandi

Videoretsept: Garri Potter kitobidan shokoladli iris qandi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Lazzatli, uyda tayyorlangan iriskalarni Garri Potterga birinchi o’quv yilida sovg’a qilishgan edi. Bu shirinlik ham har-kunga, ham Yangi-yil dasturxoniga mosdir. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qora shokolad
400 millilitr quyultirilgan sut
bir chimdim tuz
100 gramm tozalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda maydalangan shokolad, quyultirilgan sut va tuzni birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mikroto’lqinli pechda 2 daqiqa davomida, impulslar bilan, shokoladni eritamiz. 2 daqiqa orasida pechni o’chirib-yoqib turing.

Qadam 3
Tugallandi

Maydalangan yong’oq solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

20 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Massani qolipga quyib, tekkislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovutgichga 2 soatga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qatigan shokoladni qolipdan chiqarib, to’rtburchaklarga bo’lamiz. Ustiga kakao kukuni sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat 15 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qora shokolad
400 millilitr quyultirilgan sut
bir chimdim tuz
100 gramm tozalangan yong'oq
oldingi
Videoretsept: qovoqdan shokoladli pechenye
keyingi
Batafsil fotoretsept: limonli to’rtburchaklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.