Videoretsept: 2 ta masalliqdan brauni
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
200 gramm shokolad
Yo’nalishlar
Brauni — kuchli shokolad ta’miga ega mashhur amerika shirinligi. Uni atigi 2 ta masalliqdan tayyorlash mumkin. Mazali va ajoyib bo’lib pishadi, ta’tib ko’ring!
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Shokoladni maydalab, eritamiz. Suv bug’ida yoki mikroto’lqinli pechda.
Eritilgan shokolad bilan tuxumni aralashtiramiz.
Mikser yordamida 10 daqiqa davomida ko’pirtiramiz.
Xamirni kichkina qolipga quyib 170C darajaga 30-40 daqiqaga qo’yamiz.