fbpx
Tuxumli pashot. Tayyorlash sirlari.

Tuxumli pashot. Tayyorlash sirlari.

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tuxumli pashot – nonushtada tayyorlash mumkin bo’lgan eng ajoyib yeguliklardan biri hisoblanadi. Yoniga bir bo’lak non va yangi damlangan qahvadan qo’ysangiz bo’lgani, lazzatli nonushta ham tayyor!

Tuxumli pashot o’zi nima? Bu qaynoq suvda qaynatib olinadigan fransuzcha yegulik bo’lib, bunda tuxum oqi sarig’ini qurshab oladi va natijada tuxum sarig’i pishib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

Tuxumli pashotdan sendvich va buterbrodlar tayyorlash yoki ularni kotletlar, makaronlar va har xil salatlar bilan birga iste’mol qilish mumkin. Shuningdek ko’pchilik oshpazllar, suyuq taomlarga ham tuxumli pashotdan solishni xush ko’rishadi.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta katta-katta tuxum
1.5 litr suv
2 osh qoshiq 10 % li sirka
2 choy qoshiq tuz
Qadam 1
Tugallandi

Suvni gazga qo'yib, qaynashini kutamiz. So'ng olovni pasaytirib, juda sekin qaynash darajasiga keltiramiz.

Tuz va sirkani solamiz. Yoniga boshqa idishga sovuq suv qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kichikroq tog'orachaga bitta tuxumni ehtiyotkorlik bilan chaqib solamiz. Yog'och cho'mich olib, qaynayotgan suvni ichiga solamiz va bir necha marotaba aylana harakatlar bilan aralashtirib olamiz, shunda "voronkasimon" ko'rinishga kiradi.

Muhim! Faqat yangi bo'lgan tuxumlardan ishlating. Bunday yegulikni tayyorlashda ularning yangiligi juda muhim. Aks holda, tuxum oqi sarig'ini qurshab olmaydi va bo'linib ketadi.

Qadam 3
Tugallandi

Idishdagi tuxumni ana shu qozonga solamiz. Tuxum qozon tubiga yopishib qolmasligi uchun suvni nomiga bir aralashtirib qo'yamiz. 3,5-4 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kapgir yoki chovli yordamida tuxumni olamiz va pishib ketmasligi uhcun ham sovuq suv solingan tog'orachaga solamiz. Qolgan tuxumlarni ham xuddi shunday usulda pishirib olamiz.

So'ng biroz fursatga qog'oz sochiq ustiga qo'yib, ortiqcha namligidan xalos qilamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ta'bga qarab, tuz va murch sepamiz. So'ng esa tuxumli pashotlarni buterbrodlar, kotletlar yoki qaynatilgan makaronlar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
4 ta katta-katta tuxum
1.5 litr suv
2 osh qoshiq 10 % li sirka
2 choy qoshiq tuz
oldingi
Videoretsept: Salatlardan qilingan assorti
keyingi
Kartoshkali krem-sho’rva

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.