Tuxum va salatli sendvich
Masalliqlar:
-
10 ta toster noni
-
10 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar
-
3 ta bodring
-
2 ta tuxum
-
1 ta pomidor
-
1 ta shoxcha ko'k piyoz
-
2 osh qoshiq smetana yoki mayonez
-
1 osh qoshiq xantal donachalari
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tuxumli salat bilan to’ldirilgan sendvichlar o’zgacha ta’m va maza kasb etadi. Bunday yegulik juda to’yimli bo’lib, birga olib yurioshga ham juda qulaydi.
Agarda sizda ham nonushta tayyorlash uchun yetarlicha vaqtingiz bo’lmasa, unday holda bunday sendvichlar sizga asqotadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
10 ta toster noni | |
10 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar | |
3 ta bodring | |
2 ta tuxum | |
1 ta pomidor | |
1 ta shoxcha ko'k piyoz | |
2 osh qoshiq smetana yoki mayonez | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Non bo'laklarini quruq tovada qizartirib qovurib olamiz.
Tuxumni qaynatib olamiz, sovutib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Pomidorlarni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Ko'k piyozni mayda to'g'rab olamiz va pomidor bilan tuxum ustidan solamiz.
Smetana yoki mayonezga xantal, tuz va murch solib, aralashtiramiz. Aralashmani sabzavotlar ustidan solib, aralashtiramiz.
Non bo'lagiga pishloq bo'lagi, parrak qilib to'g'ralgan bodringdan terib chiqamiz.
Aralashmadan ozroq solib, ustidan pishloq va non bo'lagi bilan yopamiz.
Tishkovlagich yoki shpajka bilan sendvichlarni mustahkamlab, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
10 ta toster noni | |
10 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar | |
3 ta bodring | |
2 ta tuxum | |
1 ta pomidor | |
1 ta shoxcha ko'k piyoz | |
2 osh qoshiq smetana yoki mayonez | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
ta'bga qarab tuz va murch |