fbpx
  • Asosiy
  • Salatlar
  • Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tunets balig’i juda foydali mahsulot ekanligini bilgan holda undan juda mazali, shu bilan birga semirtirmaydigan parhezbop salatlar tayyorlashni yoqtiramiz. 100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati:  97,36 kKal bo’lib, oqsillar — 7,74 gramm, yog’lar — 2,99 gramm, uglevodlar esa — 9,66 grammni tashkil etadi.

Masalliqlar:

1 banka konservalangan tunets balig'i yoki qaynatilgan tovuq go'shti
1 banka konservalangan makkajo'xori
100 gramm bodring
2 dona tuxum
2 osh qoshiq smetana
yarim bog' shivit
ta'bga qarab tuz va murch
tq'bga qarab xantal
Qadam 1
Tugallandi

Tunets balig'i suvini to'kib tashlab, o'zini sanchiqda maydalaymiz.

Xohishga qarab uning o'rniga qaynatilgan tovuq go'shtidan solish mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxumni qaynatib olamiz, sovutib, to'rtburchak shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bodringni ham xuddi shunday, shivitni mayda to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hammasini bitta idishga solib, smetanadan quyamiz, tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Xohishga qarab xantaldan ham solish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 banka konservalangan tunets balig'i yoki qaynatilgan tovuq go'shti
1 banka konservalangan makkajo'xori
100 gramm bodring
2 dona tuxum
2 osh qoshiq smetana
yarim bog' shivit
ta'bga qarab tuz va murch
tq'bga qarab xantal
oldingi
Videoretsept: «Rudolf» yangi yil pechenyesi
keyingi
Gaz pechida pishirilgan kurka go’shti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.