fbpx
Sabzili salat

Sabzili salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mazali va vitaminlarga boy salat – juda tez ham tayyorlaniladi! Bunday salat har kunlik taomnomangizni boyitishga qo’l keladi.

Ayniqsa bu salat yoshi katta otaxon va onaxonlarimizga manzur keladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

2 ta qizil sabzi
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm qattiq pishloq
3 osh qoshiq smetana yoki mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
50 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Sabzini qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz. Sarimsoqpiyozni maydalab, sabzi ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni ham qirg'ichdan chiqarib solamiz va smetana yoki mayonezdan quyib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan maydalangan yong'oq sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta qizil sabzi
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
100 gramm qattiq pishloq
3 osh qoshiq smetana yoki mayonez
ta'bga qarab tuz va murch
50 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Lavash va malinadan qilingan rulet
keyingi
Turkcha yong’oqli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.