Qovoq bilan pishirilgan tovuq
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq go'shtisoni va boldiri
-
800 gramm qovoq
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq xantal
-
50 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab har xil ko'katlar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Qovoq bilan pechda pishirilgan tovuq go’shti qanchalik mazali ta’m kasb etishini bilsizmi? Qovoqlar serob paytda bunday taomdan albatta tayyorlab ko’ring, aziz pazandalar!
Qovoq bilan iloji bo’lsa tovuqning soni yoki boldirlaridan, xantalning esa fransuzcha donadoridan foydalansak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shunigdek, ta’bga qarab kartoshkalardan ham solib, retseptni boyitish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti | |
800 gramm qovoq | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab har xil ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq go'shtini yuvib, qog'oz sochiq bilan quritamiz va yaxshilab hamma yeriga tuz, murch, xantaldan surtib chiqamiz. So'ng 30 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.
Qovoq po'stini archib tashlab, o'zini to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.
Qolip yoki pech patnisiga folga qog'oz to'shab, qovoqni bir qavat qilib yoyamiz.
Tuz va murch sepib, eritilgan sariyog'ni ham ustidan quyib chiqamiz (20-30 gr).
So'ng esa 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, qovoqning yarim tayyor bo'lguniga qadar, taxminan 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Tovaga sariyog' va o'simlik yog'ini solib qizdiramiz va tovuq oyoqchalarini solib, qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Qovurilgan go'shtni qovoq ustidan terib, maydalangan sarimsoqpiyozni ham sepamiz.
Qolipni yana pechga qo'yib, taxminan 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti | |
800 gramm qovoq | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab har xil ko'katlar | |
ta'bga qarab tuz va murch |