fbpx
Batafsil fotoretsept: Somsa uchun qatlamali xamir

Batafsil fotoretsept: Somsa uchun qatlamali xamir

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Biz o’zbeklarning eng sevimli pishiriqlarimizdan biri bu – somsalardir.
Somsaning mazali chiqishi esa asosan uning xamiriga bog’liq bo’ladi. To’g’ri, hozirda somsa uchun tayyor xamirlar do’konlarda serobdir, lekin ularning hech biri uyda tayyorlanilganiga teng kelmaydi.

Masalliqlar:

400 gramm un 1-nav
120 millilitr tuzli suv
1 ta tuxum
30 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
Qadam 1
Tugallandi

Idishga un, tuxum, tuzli suv va o'simlik yog'ini yarmini solamiz va xamir qoramiz.
* Somsa uchun unning 1-navini ishlatishni tavsiya qilamiz. Chunki bu xamirni juda yupqa yoyish kerak bo'ladi, xamirning yirtilib ketmasligi uchun ham bu nav juda qulay.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni yaxshilab mushtlaymiz va ustidan yog'ni qolganini surtib chiqamiz. Ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng xamirni olib, yupqa 1-2 mm qalinlikda yoyib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Margarinimizni eritib, yoygan xamirning ustiga surtib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng xamirni ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Pichoq yordamida xamirlarni 5-6 sm qalinlikda kesib chiqamiz. Hozirgi xamirimizdan 14-16 dona somsa uchun kulchachalar chiqadi.

Qadam 7
Tugallandi

Kesilgan xamirlar likopchaga teriladi va usti yelim qog'ozda yopiladi. Xamirdagi margarin yaxshiroq qotishi uchun 10-15 daqiqaga muzlatgichga yo'llanadi.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor xamirni olib somsa pishiraversangiz ham bo'ladi, agarda uni hozir ishlatmasangiz unda muzlatgichga solib qo'ying. Hech xavotir olmang, muzlatgichda bunday xamirlarni 1 oygacha saqlash mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm un 1-nav
120 millilitr tuzli suv
1 ta tuxum
30 millilitr o'simlik yog'i
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
oldingi
Bulg’or qalampirli tovuq go’shtidan kotletlar
keyingi
«Mujskoy kapriz» salati

3 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.