Pishloq solib pishirilgan tvorogli toblatma
Masalliqlar:
-
400 gramm tvorog
-
150 gramm kefir
-
2 ta tuxum
-
60 gramm pishloq
-
40 gramm makkajo'xori kraxmali
-
bir nechta shoxcha shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Xamirli yeguliklardan o’zini tiyishni xohlovchilar uchun mana bunday toblatma ajoyib nonushta vazifasini o’taydi. Pishloq, tvorog va ko’katlarning ajoyib uyg’unligi hech kimni befarq qoldirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm tvorog | |
150 gramm kefir | |
2 ta tuxum | |
60 gramm pishloq | |
40 gramm makkajo'xori kraxmali | |
bir nechta shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Тog'orachaga tvorog, tuxum, kefir, kraxmal, tuz va murchni solamiz. Blenderda maydalab olamiz.
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Qolipga pergament qog'oz to'shaymiz. Tvorogli aralashmani yarmini solamiz. Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni ham yarmini sepamiz. Qolgan tvorogni ham solib, qolgan pishloqni hammasini sepamiz.
Toblatmamizni 180 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Sal sovutib, keyin kesamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tvorog | |
150 gramm kefir | |
2 ta tuxum | |
60 gramm pishloq | |
40 gramm makkajo'xori kraxmali | |
bir nechta shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |