Lazanya
Masalliqlar:
-
Bolonyeze qaylasiga:
-
800 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 ta piyoz
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 dona qizil sabzi
-
4-5 ta pomidor
-
200 millilitr qizil vino
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab ziravorlar
-
Beshamel qaylasiga:
-
750 millilitr sut
-
50 gramm sariyog'
-
2 osh qoshiq un
-
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
-
300 gramm lazanyaga mo'ljallangan pastalar
Yo’nalishlar
Lazanya bu italyan oshxonasining klassik taomlaridan biri bo’lib, butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. U oila davrasida iste’mol qilishda ham, bayramlarda dasturxonga tortishga ham juda qulay taom hisoblanadi.
Lazanya uchun xamirni biz Barilla savdo belgisi ostidagi mahsulotdan ishlatdik. Siz ularni uyda tayyorlashingiz yoki beshbarmoq taomiga mo’ljallangan xamirli bo’lakchalardan ham foydalanishingiz mumkin.
Masalliqlar:
Bolonyeze qaylasiga: |
|
800 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona qizil sabzi | |
4-5 ta pomidor | |
200 millilitr qizil vino | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab ziravorlar | |
Beshamel qaylasiga: |
|
750 millilitr sut | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq un | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i | |
300 gramm lazanyaga mo'ljallangan pastalar |
Bolonyeze qaylasi
Piyoz, sarimsoqpiyoz va sabzini mayda to'g'rab olamiz. Pomidorlarni po'stidan ajratib, qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.
Kattaroq tovaga yog'ni solib qizdiramiz, piyoz va sarimsoqpiyozni solib, qovurib olamiz.
Qiyma va sabzini solib biroz qovuramiz, so'ng qizil vinoni solib bug'i chiqib, vino qolmaguncha yaxshilab qovuramiz.
Pomidor va ziravorlarni solamiz. Albatta tuz, murch, bir chimdim shakar, rozmarin, oregano va rayhon soling.
Qopqog'ini yopib, past olovda bir soat davomida dimlaymiz.Italyanlarning aytishicha, qaylani qanchalik uzoq qaynatsangiz, u shunchalik shirin chiqadi. Shunday ekan, bu taomni ertaroq tayyorlashni boshlang. Vaziyatga qarab suv solishingiz ham mumkin.
Beshamel qaylasi
Tovaga yog' va unni solib qovuramiz. Silliq va to'q tillarangli massa hosil bo'lishi kerak. Bu taxminan 2-3 daqiqani oladi.
Muntazam aralashtirib, 3-4 daqiqa davomida qaynatamiz. Qayla sal quyuqlashadi.
Qolipga Bolonyeze qaylasining bir qismini tekis qilib solamiz, ustidan pastani terib chiqamiz va beshamel qaylasini quyamiz. Bu harakatni taxminan yana bir marotaba qaytaramiz. 180-200 C darajada 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pasta o'rniga beshbarmoqqa mo'ljallangan xamirlar ham to'g'ri keladi, ular barcha supermarketlarda sotiladi va hamyonbop narxda turadi.
Xohishga qarab pishishidan 5-10 daqiqa oldin pishloq sepib olishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
Bolonyeze qaylasiga: |
|
800 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona qizil sabzi | |
4-5 ta pomidor | |
200 millilitr qizil vino | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab ziravorlar | |
Beshamel qaylasiga: |
|
750 millilitr sut | |
50 gramm sariyog' | |
2 osh qoshiq un | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i | |
300 gramm lazanyaga mo'ljallangan pastalar |