Lavash va pishloqli naychalar
Masalliqlar:
-
300 gramm pishloq
-
4 dona lavash lavash
-
2 ta tuxum
-
100 gramm maydalangan suxari
-
2 osh qoshiq smetana
Yo’nalishlar
Juda tez tayyorlaniladigan va mazali bunday yegulik yosh-u qariga birdek yoqishi aniq. Pishloqli naychalar ajoyib nonushta vazifasini bemalol uddalay oladi.
Tezpishar, oddiy va juda mazali retseptlardan biri!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
300 gramm pishloq | |
4 dona lavash lavash | |
2 ta tuxum | |
100 gramm maydalangan suxari | |
2 osh qoshiq smetana |
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz va smetana bilan aralashtiramiz.
Har bir lavash xamirini uchta teng bo'lakka bo'lamiz.
Pishloqli aralashmadan solib, ikkita chetini buklab, o'zini esa ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Tuxumni chaqib, venchikda ko'pirtirib olamiz.
Lavashli naychalarni avval tuxumga botirib, so'ng maydalangan suxariga botirib olamiz.
O'simlik yog'ida qovurib olamiz va issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm pishloq | |
4 dona lavash lavash | |
2 ta tuxum | |
100 gramm maydalangan suxari | |
2 osh qoshiq smetana |
1 Sharhlar Hide Comments
Juda ajoyib???