Kartoshka-garmoshka
Masalliqlar:
-
5-6 ta kartoshka
-
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
60 gramm pesto qaylasi
Yo’nalishlar
«Kartoshka-garmoshka» – gaz pechida pishiriladigan juda oddiy, mazali va original ko’rinishidagi gazak bo’lib, uni har qanday taom bilan, hatto faqat o’zini ham dasturxonga tortish mumkin.
Bunday kartoshkalar xushbo’y pesto qaylasi bilan birga tortiladi..
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
5-6 ta kartoshka | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
60 gramm pesto qaylasi |
Kartoshkalarni po'stini archib olamiz. Qoshiq yoki cho'mich ichiga solib, bir nechta joyini tilib chiqamiz. Lekin, oxirigacha kesib yubormaymiz.
Tuz va murch sepib chiqamiz. Shuningdek, ta'bga qarab xohlagan ziravorlardan ham sepish mumkin.
Har bir kartoshka ustidan zaytun yog'i quyib chiqamiz.
160 C darajada qizigan pechga qo'yib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng kartoshkalarning ustini folga qog'oz bilan yopib, yana 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Kartoshkalarni pesto qaylasi bilan birga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
5-6 ta kartoshka | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
60 gramm pesto qaylasi |