fbpx
Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom

Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sabzavotlar va tovuq solib pishirilgan guruchli taom juda to’yimli bo’lib, issiqligida ham, ertasi kuni isitib yeyishga ham juda qulay.

Agarda siz garnirga qaynatga guruchingiz ortib qolsa, hech ikkilanmasdan aynan shu taomni tayyorlang. Kerak bo’ladigan masalliqlar esa oddiy.

100 gramm yegulikning ozuqaviy qiymati: 106 kKal bo’lib, oqsillar— 11 gr, yog’lar— 0.6 gr, uglevodlar— 14 gr ni tashkil etadi.

Masalliqlar:

150 gramm uzunchoq guruch lazer yoki basmati
400 gramm tovuq filesi
70 gramm qizil sabzi
120 gramm qizil bulg'or qalampiri
70 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi yoki 1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 osh qoshiq pomidor pastasi
4 osh qoshiq suv
1 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq palovga mo'ljallangan ziravorlar
ta'bga qarab achchiq qalampir
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 200 C darajaga qizdirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini 2x2 sm kattalikda to'g'rab olib, toblatmalarga mo'ljallangan qolipga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni to'rtga bo'lib, yupqa to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bulg'or qalampirini uzunchoq shaklda to'g'raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzini yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzavotlarni tovuq go'shti ustidan solamiz, ziravorlarni sepib, yog'ni quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz va qizigan gaz pechiga qo'yib, 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qozonchaga suv quyib qaynatamiz. Tuz sepib, guruchni solamiz, 10-12 daqiqa davomida yarim pishguniga qadar qaynatamiz. 1 qism guruchga 3 qism suv kerak bo'ladi. So'ng suvini to'kib tashlaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Gaz pechini 180 C ga tushiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Taom pishayotgan qolipni olamiz, ichiga qaynatilgan guruchni solamiz. Pomidor pastasini suv bilan aralashtirib, taom ustidan quyamiz. Palovga mo'ljallangan ziravorlarni sepamiz. Sarimsoqpiyoz tishchalarini kesib, ustidan sepamiz va folga bilan ustini yopib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm uzunchoq guruch lazer yoki basmati
400 gramm tovuq filesi
70 gramm qizil sabzi
120 gramm qizil bulg'or qalampiri
70 gramm piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi yoki 1 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 osh qoshiq pomidor pastasi
4 osh qoshiq suv
1 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq palovga mo'ljallangan ziravorlar
ta'bga qarab achchiq qalampir
oldingi
Videoretsept: Sabzavotlar bilan gaz pechida pishirilgan kurka go’shtidan taom
keyingi
Qizil vino qo’shib tayyorlangan glintveyn ichimligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.