Gulkaramdan tayyorlangan vegan krem-sho’rvasi
Masalliqlar:
-
1 bosh gulkaram
-
1 bosh sarimsoqpiyoz
-
3 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
1 bosh oq rangli piyoz
-
1 shoxcha timyanta'bga qarab
-
950 millilitr suv yoki bulyon
-
500 millilitr bodom suti
-
2 osh qoshiq ozuqaviy (parhezbop) xamirturush
-
1 osh qoshiq olma sirkasi
-
1 1/2 choy qoshiq tuz
-
ta'bga qarab qora murch
Yo’nalishlar
Agarda siz go’sht yeyishdan o’zingizni cheklasangiz, unda faqat o’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan quyuq sho’rvaga ahamyat qarating.Veganlar deb jonzotlardan tayyorlangan har qanday mahsulotni iste’mol qilmaydigan kishilarga aytiladi.
Faqatgina o’simlik mahsulotlaridan tayyorlangan quyuq sho’rva nafaqat foydali va to’yimli, balki juda ham mazalidir.
1 kishilik taomning taxminiy ozuqaviy qiymati: 183,8 kKal bo’lib, oqsillar— 8,98 gr, uglevodlar— 16,7 gr, yog’lar — 10,05 gr ni tashkil etadi.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
3 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
1 bosh oq rangli piyoz | |
1 shoxcha timyan | |
950 millilitr suv yoki bulyon | |
500 millilitr bodom suti | |
2 osh qoshiq ozuqaviy (parhezbop) xamirturush | |
1 osh qoshiq olma sirkasi | |
1 1/2 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch |
Gaz pechi 200 C darajagacha qizdiramiz. Gaz pechi patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz.
Gulkaramni maydaroq bo'laklarga bo'lamiz.
Sarimsoqpiyozni po'stidan tozala olamiz. Siz ta'bga qarab, sarimsoqpiyozni kamroq yoki ko'proq solishingiz mumkin. Har bir sarimsoqpiyozni tishchasini pichoqda ezib olamiz.
Gulkaram va sarimsoqpiyozni pergament qog'ozga solib chiqamiz. So'ng 30 daqiqa yoki gulkaram tillarangga kirgunicha qizartirib pishiramiz.
Gulkaram tayyor bo'lishiga 10 daqiqa qolganda, katta qozonga yog'ni solamiz va to'g'ralgan piyoz va timyanni solib, qovurib olamiz. 5-7 daqiqa qovurgandan so'ng, ustidan pishgan sarimsoqpiyoz bilan gulkaramni solamiz. So'ng bulyon yoki suvni quyamiz.
Qaynash darajasiga keltiramiz, so'ng olovni pasaytirib, qozon qopqog'ini yopamiz va 15 daqiqa past olovda pishiramiz.
Timyan shoxchasidan solgan bo'lsangiz, uni olib tashlaymiz. Blender yordamida sho'rvani maydalab olamiz.
Endi esa ustidan bodom suti, ozuqaviy xamirturush, olma sirkasi, tuz va murchni ham solamiz. Blenderda yana maydalab olamiz, tuz va murchini ta'tib ko'ramiz. Zaytun yog'ini solib, dasturxonga tortamiz.
Ozuqaviy xamirturush - bu vegetarian oshxonada ishlatadigan xamirturush bo'lib, bu pishiriqlarga solinadigan xamirturush emas. Ularni taomlarga qo'shimcha ziravor yoki pishloq o'rniga solinadi. Ular o'zida juda ko'p oqsillarni saqlaydi va bir kishilik miqdori 8 grammni tashkil etadi. Ular to'g'ri ovqatlanish tartibiga mo'ljallangan do'konlarda, masalan, Bob's Red Mill do'konida va kamdan-kam dorixonalarda sotiladi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 bosh gulkaram | |
1 bosh sarimsoqpiyoz | |
3 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
1 bosh oq rangli piyoz | |
1 shoxcha timyan | |
950 millilitr suv yoki bulyon | |
500 millilitr bodom suti | |
2 osh qoshiq ozuqaviy (parhezbop) xamirturush | |
1 osh qoshiq olma sirkasi | |
1 1/2 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch |