fbpx
Frikadelkali toblatma

Frikadelkali toblatma

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta’mda bo’lib, to’yimli tushlik yoki kechki taom bo’la oladi.

Bu taom uchun qiymasiga xohlagan ziravorlaringizdan solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta tuxum
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
700-900 gramm kartoshka
250 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm sariyog'
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq sevimli ziravorlar
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani qaynatib olamiz va sariyog'(30 gr), tuz va sut (xohishga qarab) solamiz va ezib pyure qilamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiymaga maydalangan piyoz va sarimsoqpiyoz, tuxum, ziravorlarni solamiz. Tuz va murch sepamiz.

Ulardan aylana shakldagi koptokchalar yasab chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Frikadelkalarni o'simlik yog'ida qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Toblatmalarga mo'ljallangan qolipga sariyog'dan surtamiz va pyureni solamiz, ustidan frikadelkalarni bosib terib chiqamiz. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni ustidan sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ko'katlardan sepib dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta tuxum
1 bosh piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
700-900 gramm kartoshka
250 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm sariyog'
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq sevimli ziravorlar
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Limon va apelsindan tayyorlangan «bir zumlik» murabbo
keyingi
Kinoa va qovoqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.