Bulg’or qalampirli tovuq go’shtidan kotletlar
Masalliqlar:
-
300-400 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
1 ta qizil bulg'or qalampiri
-
1 bosh piyoz
-
50 gramm pishloq
-
1 ta non bo'lagi
-
3-4 tishcha sarimsoqpiyoz
-
4 osh qoshiq un
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq go’shtidan kotletlarning ta’mi a’lo darajada chiqishiga erishish uchun ozroq ter to’kishimizga to’g’ri keldi. O’zimizning mazali va ishtahaochar kotletlarimizni siz bilan bo’lishamiz.
Bulg’or qalampiri ularga o’ziga xos ta’m, shu bilan birga mayinlik va chiroyli ko’rinish baxsh etadi. Xohishga ko’ra kotletlarga oshko’katlar solsa ham bo’ladi.
Masalliqlar:
300-400 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 ta qizil bulg'or qalampiri | |
1 bosh piyoz | |
50 gramm pishloq | |
1 ta non bo'lagi | |
3-4 tishcha sarimsoqpiyoz | |
4 osh qoshiq un | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Non bo’lagi ozroq sutga ivitib qo’yiladi. Tovuq go’shti va piyoz qiymalagichdan o’tkaziladi va ularga ivitilgan non qo’shiladi. Xohishga ko’ra tovuq go’shti mayda to’g’ralsa ham bo’ladi.
Qizil bulg’or qalampiri maydalanib to’g’raladi.
Pishloq qirg’ichdan o’tkaziladi.
Qiyma, bulg’or qalampiri va pishloq idishga solinadi. Tuxum, ziravorlar va to’g’ralgan ko’katlar ham qo’shiladi. Barcha masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi va to’qmoqlanadi.
Hosil bo’lgan qiymaga qo’llarni ho’llab dumaloq shakl beriladi. Kotletlar qizdirilgan yog’da ikki tomoni 5-8 daqiqadan qovuriladi. Tayyor bo’lguncha qopqog’i yopilib past olovda dimlanadi. Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
300-400 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
1 ta qizil bulg'or qalampiri | |
1 bosh piyoz | |
50 gramm pishloq | |
1 ta non bo'lagi | |
3-4 tishcha sarimsoqpiyoz | |
4 osh qoshiq un | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch |