fbpx
Behi bilan gaz pechida pishirilgan tovuq

Behi bilan gaz pechida pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mevalar va go’sht ta’mi ko’p hollarda yaxshi natijani beradi. Ayniqsa behilar tovuq go’shti bilan pishirilsa bormi, undagi ta’mni bir umrga eslab qolishingiz hech gap emas.Tayyorlaniladigan taomga taxminan 36 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4 ta tovuq sonlari
2 ta behi
2 ta olma Golden navi
2 osh qoshiq suyuq asal
3 osh qoshiq sariyog'
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq oq vino sirkasi
bir nechta timyan va rozmarin shoxchasi
ta'bga qarab tuz va murch
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq sonlarini yaxshilab yuvib, qog'oz sochiq bilan artamiz.

Tuz va murch sepib, yaxshilab ishqalab chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Behi va olmani to'rt bo'lakka bo'lib, danaklaridan tozalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqurroq tovaga sariyog' va o'simlik yog'idan 3 osh qoshiq solib, ustidan mevalarni solib, qizargunga qadar qovuramiz. Olmalar tezroq qovurilishi sabab ham ularni terib olamiz va behi ham qizargach olmalarni qayta solamiz. Ustidan oq vino sirkasi, asal, tuz va murch, timyan bilan rozmarinni solib, aralashtirib olamiz. So'ng gaz pechida pishirishga mo'ljallangan qolipga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga qolgan o'simlik yog'ini solib, tovuqni ikkala tomonidan qizartirib olamiz. So'ng maysalangan sarimsoqpiyozni hamma joyiga surtib, qolipdagi masalliqlar ustidan solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Xohishga qarab, ustini zar qog'oz bilan yopishimiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tovuq sonlari
2 ta behi
2 ta olma Golden navi
2 osh qoshiq suyuq asal
3 osh qoshiq sariyog'
6 osh qoshiq o'simlik yog'i
2 osh qoshiq oq vino sirkasi
bir nechta timyan va rozmarin shoxchasi
ta'bga qarab tuz va murch
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Qovoqcha va tovuqli go’shtdan tayyorlangan «Kannelonlar»
keyingi
Videoretsept: Uyda tayyorlanilgan eklerlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.