fbpx
«Arabyata» pastasi

«Arabyata» pastasi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda sovutgichingizda ozroq pomidor, sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir topilsa, unda mana bunday ajoyib ta’mli pastadan tayyorlab ko’ring.

«Arabyata» pastasi – eng ko’p iste’mol qiinadigan italyancha taomlardan biri hisoblanadi. Bu taomga achchiq qalampirning solinishi esa shart hisoblanadi. Agar achchiq ta’mni unchalik yoqtirmasangiz, unda qalampirni nomiga soling.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 25 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

400 gramm Grand Di Pasta pastasi penne, spagetti
600 gramm pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
yarim bog' rayhon
bir chimdim tuz
4 osh qoshiq Taris extra Virgin zaytun yog'i
ustiga sepish uchun parmezan pishlog'i 20-30 gramm
Qadam 1
Tugallandi

Pastani yo'riqnomasiga asoslangan holda, tuzli suvda qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga zaytun yog'ini quyib, qizdirib olamiz. Maydalangan sarimsoqpiyoz va halqasimon shaklda to'g'ralgan achchiq qalampirni solib, qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan pomidorni qirg'ichdan chiqarib solamiz. Rayhonni ham to'g'rab solamiz. Qaylani 5-10 daqiqa davomida qaynatamiz.

Ta'bga qarab tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chuqurroq likopchaga pastani solamiz. Ustidan qaylani quyib, qirg'ichdan chiqarigan pishloqni sepamiz. Va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm Grand Di Pasta pastasi penne, spagetti
600 gramm pomidor
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
yarim bog' rayhon
bir chimdim tuz
4 osh qoshiq Taris extra Virgin zaytun yog'i
ustiga sepish uchun parmezan pishlog'i 20-30 gramm
oldingi
Shirqovoq – guruch va qovoqli bo’tqa
keyingi
Tayyor xamirdan qilingan olmali tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.