fbpx
Alkogolsiz qizdiruvchi «glintveyn» ichimligi

Alkogolsiz qizdiruvchi «glintveyn» ichimligi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qishning sovuq oqshomlarida uyda o’tirib, nafaqat qizdiruvchi, balki kayfiyatni ham ko’taruvchi ichimliklardan bahramand bo’lishga nima yetsin.

Bugun bizlar alkogolsiz qizdiruvchi glintveyn ichimligini uy sharoitida qanday tayyorlash mumkinligini o’rgatamiz.

Quyidagi masalliqlardan 2-3 kishilik glintveyn hosil bo’ladi.

Bir nechta tavsiyalar: 

Glintveynni alyumin idishlarda tayyorlash mumkin emas. Bunda yaxshisi sirlangan yoki po’latdan tayyorlangan idishlardan foydalanish kerak. Shunda ichimlik bir xil qiziydi.

Eng muhim qoida — ichimlikni qaynash darajasiga keltirish mumkin emas. Undagi barcha ziravorlarning ta’mi chiqishi uchun past olovda qizdirish katta ahamiyatga ega.

Masalliqlar:

500 millilitr olcha sharbati
100 millilitr apelsin sharbati
50 gramm shakar agar yangi siqilgan apelsin sharbati bo'lsa
50 gramm olma
50 gramm apelsin
5-7 ta gvazdika
1 dona dolchin tayoqchasi
1 choy qoshiq limon po'sti
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
1 dona badyan звездочка
Qadam 1
Tugallandi

Idishga sharbatlarni quyamiz, ustidan dolchin tayoqchasi, maydalangan muskat yong'og'ini solamiz. Olma bo'lakchalarga gvazdikani tiqib solamiz.

Apelsin va limon bo'laklarini solamiz.

Agarda siz apelsinni siqib, sharbatini solsangiz, unda shakardan ham qo'shing. Agar qutilardagi tayyor sharbatdan ishlatsangiz, unda shakar qo'shishni keragi yo'q.

Qadam 2
Tugallandi

Idishni gazga qo'yamiz va oldidan bir qadam ham siljimaymiz. Muntazam aralashtirib turamiz. Agarda sizda oshxona termometri bo'lsa, unda o'lchab ko'ring: glintveyn eng uzog'i bilan 70 C haroratda bo'lishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Yetarli darachada qizib bo'lgandan so'ng idishi bilan olamiz va qopqog'ini 10 daqiqaga yopib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ichimlikni dokaro'moldan chiqarib, idishlarga quyamiz va shoshilmasdan mazali ichimlikdan bahra olamiz!

Oqshomingiz xayrli o'tsin!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 millilitr olcha sharbati
100 millilitr apelsin sharbati
50 gramm shakar agar yangi siqilgan apelsin sharbati bo'lsa
50 gramm olma
50 gramm apelsin
5-7 ta gvazdika
1 dona dolchin tayoqchasi
1 choy qoshiq limon po'sti
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
1 dona badyan звездочка
oldingi
Videoretsept: Yangi Yil pechenyesi
keyingi
Videoretsept: Jem solingan qatlamali pishiriqlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.