Shovul sho’rva
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shti
-
150 gramm qizil sabzi
-
100 gramm piyoz
-
200 gramm kartoshka
-
1 bog' ko'k piyoz
-
3 bog' shovul
-
1 bog' shivit
-
1 bog' petrushka
-
2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
30 gramm o'simlik yog'i
-
6 dona bedana tuxumi
-
taom bilan tortish uchun smetana
Yo’nalishlar
Shovuldan pishirilgan mazali va birozgina nordon sho’rva (щи) ko’pchilikning sevimli taomi desak adashmaymiz. Bunday sho’rva organizmni kerakli vitaminlar bilan to’yintiradi.
Bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan unchalik ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
150 gramm qizil sabzi | |
100 gramm piyoz | |
200 gramm kartoshka | |
1 bog' ko'k piyoz | |
3 bog' shovul | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka | |
2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
30 gramm o'simlik yog'i | |
6 dona bedana tuxumi | |
taom bilan tortish uchun smetana |
Piyoz va sabzini mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Kartoshkani o'rtacha hajmdagi to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Qozonga yog'ni solib qizdiramiz.
Go'shtni to'g'rab, qozonga solamiz va qovuramiz.
Go'sht ustidan to'g'ralgan sabzavotlarni solamiz va o'rtacha olovda 10 daqiqa davomida dimlab olamiz.
Sabzavotlarning ustidan 2 - 2,5 litr suv solamiz.
Qaynab chiqqandan so'ng olovni pasaytiramiz va 20-30 daqiqa davomida pishiramiz.
So'ng tuz va murch solamiz.
Ko'katlarni hammasini yuvib to'g'raymiz va sho'rvamizga solamiz.
Bedana tuxumini yaxshilab qaynatamiz va tozalab, teng ikkiga bo'lamiz.
Sho'rvamizni idishlarga suzamiz va tuxum bo'lakchalari, smetana solib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
150 gramm qizil sabzi | |
100 gramm piyoz | |
200 gramm kartoshka | |
1 bog' ko'k piyoz | |
3 bog' shovul | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka | |
2 ta poyacha ko'k sarimsoqpiyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
30 gramm o'simlik yog'i | |
6 dona bedana tuxumi | |
taom bilan tortish uchun smetana |
11 Sharhlar Hide Comments
Men щи tayyorlab ko’rdim va albatta Zira retsepti bo’yicha. Taom juda mazali va yengil hazm bo’ladigan chiqdi. Huddi rasmdagiday. Retsept uchun katta rahmat sayt ma’muriyatiga.
Assalomu aleykum, Go’zal! Qoldirgan izoh va e’tiboringiz uchun tashakkur! Sahifamizda qo’yiladigan retseptlarimiz hammasi ishonchli, ko’p marotaba o’zimiz tomonimizdan tayyorlab ko’rilgan. Shuning uchun ham hammasini tayyorlayvering qo’rqmasdan va albatta bizni kuzatishni unutmang ☺
Men kanalga obuna bo’lganimga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Ammo qisqa vaqt davomida juda ko’p taom, pishiriq va salatlarni tayyorlab ko’rdim. Ayniqsa pitsalar retsepti juda ishonchli chiqdi. Hamiri qarsildoq va asos qismi judayam mayin, xushta’m. O’zbek tilidagi eng sara retseptlar va original taomlar uchun men ham jamoangizga minnatdorchilik bildiraman. Bizni xursand etishdan charchamang?
Iliq so’zlaringiz uchun katta rahmat! 🙂
Salom. Kelayotgan yangi yil muborak.
Mem ham retsept bo’yicha tayyorlab ko’rdim .
Juda mazali chiqdi.
O’g’il bola bo’lsam ham qiziqaman ovqat pishirishga ??????
Salom. Kelayotgan yangil yil muborak.
O’g’il bola bo’lsam ham ovqat tayyorlashga qiziqaman.
Retsept bo’yicha tayyorladi. Memga yoqdi . Emdi qolganlarga yoqsa bo’ldi. Hahahha
???????
Assalomu aleykum, retseptlarimiz sizga manzur bo’layotganidan biz ham juda xursand bo’ldik. Qolganlarga ham yoqadi deb umid qilamiz)
Udar chiqdi. Raxmat sayt ma’muryatiga
Izoh uchun rahmat!
Ассалому алайкум. Мен хам бугун ушбу сайттан рецепт олиб таом тайерладим. Узбекчасига Канака булади билмиман но русчасига прям выручили дейилади. Рахмат коттакон 🥰😘
Assalomu alaykum,sizga foyda keltirganimizdan juda xursandmiz. Izoh qoldirganiz uchun alohida raxmat!