Videoretsept: «Garri Potter» dan mo’jizaviy supurgi
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
-
150 gramm shokoladli pasta
-
10 ta “Somoncha” non tayoqchalari
-
surtish uchun tuxum sarig'i +1 ch.q suv
Yo’nalishlar
Qarsillagan xamir va shokoladli pastadan nachinkali Garri Potterning mo’jizaviy supurgilarni tayyorlash usulini sizga taqdim etamiz. Sehrgar bola haqidagi kitob va kinolar ishqibozlari bunday sloykalarni sevishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir | |
150 gramm shokoladli pasta | |
10 ta “Somoncha” non tayoqchalari | |
surtish uchun tuxum sarig'i +1 ch.q suv |
Xamirturushsiz qatlama xamirni yupqa qilib yoyamiz va o’rtacha to’rtburchaklarga kesamiz.
To’rtburchaklar ustini biroz kesib chiqib, 1 choy qoshiq shokolad pastasi surtamiz.
Somoncha pechenyesini qo’yib, xamirni “supurgi” shaklida o’raymiz.
Muhim: somoncha faqat bezak sifatida ishlatiladi, pechda pishgandan so’ng uni yeyish mumkin emas. Pishgandan so’ng uni o’rniga yangi somoncha qo’yish mumkin, yoki somonchasiz pishirib so’ngra tayyor pechenye ichiga qo’yamiz.
Sloykalarni pergament qog’ozi solingan patnis ustiga terib, ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasi surtamiz va 200C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir | |
150 gramm shokoladli pasta | |
10 ta “Somoncha” non tayoqchalari | |
surtish uchun tuxum sarig'i +1 ch.q suv |