fbpx
Batafsil fotoretsept: losos balig’i va ismaloqli qatlama pirog

Batafsil fotoretsept: losos balig’i va ismaloqli qatlama pirog

Masalliqlar:

  • Qizartirish uchun

Yo’nalishlar

Mayin ta’mli va to’yimli baliqli pirog oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib tanlov. Bunday pirogni oldiga sabzavotli salat tayyorlashni tavsiya etamiz. Pirogni tayyorlash jarayoni juda oson va tez, natijada esa bayram dasturxoniga tortish mumkin bo’lgan pirog pishadi. Tayyor taomning taxminiy narxi – 140 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm losos balig'i filesi
300 gramm ismaloq
yarim limon
4 osh qoshiq zaytun yog'i
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qizartirish uchun
1 ta tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni qo’llanmada ko’rsatilgan kabi eritamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Baliq filesini yuvib, salfetkada quritamiz. Terisi va qiltiriqlaridan tozalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ismaloqni blenderga solib, zaytun yog’i va bir chimdim tuz qo’shib maydalaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 2 ga bo’lamiz. Qalinligi taxminan 3 mm bo’lgan 2 ta xamir yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bir qismini pergament qog’oziga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustiga losos filesini qo’yamiz, limon soki, tuz va ziravorlar sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ismaloqli pyureni baliqni butunlay berkitadigan qilib istiga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ustini ikkinchi xamir bilan berkitib, chetlarini yaxshilab chimchilaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Alohida piyolada 1 ta tuxumni sanchqi yordamida kopirtiramiz. Kistochka bilan pirogni ustiga tuxum surtamiz, so’ngra pichoq bilan oxirigacha kesmasdan, «setochka» shaklida kesib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pirogni 190C gacha qizdirilgan pechga 25-30 daqiqaga qizarib pishguncha qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirogni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm losos balig'i filesi
300 gramm ismaloq
yarim limon
4 osh qoshiq zaytun yog'i
500 gramm tayyor qatlamali xamirturushsiz xamir
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qizartirish uchun
1 ta tuxum
oldingi
Videoretsept: shokoladli qaynatma kremli qumoq pirog
keyingi
Videoretsept: pechenye va kremlik pishirilmaydigan tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.