fbpx
Batafsil fotoretsept: rezavor mevali jele bilan biskvit tort

Batafsil fotoretsept: rezavor mevali jele bilan biskvit tort

Masalliqlar:

  • Biskvit uchun

  • Malinalik jele uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Nafaqat lazzatli ta’mi, balki go’zal ko’rinishi bilan barchani lol qoldiradigan malinalik jele bilan biskvit tort. Qaymoq va tvorogli pishloqli krem ta’mi muzqaymoqqa o’xshaydi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 90 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta tuxum
65 gramm Dr.Oetker shakar upasi
1 choy qoshiq Dr.Oetker vanil shakari
bir chimdim tuz
110 gramm un
8 gramm dr.Oetkerdan qabartma
40 gramm sariyog'
Malinalik jele uchun
320 gramm malina
10 gramm Dr.Oetker jelatini
60 millilitr sovuq suv
Krem uchun
400 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
160 gramm Dr.Oetker shakar upasi
230 gramm tvorogli pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Jelatin ustiga suv quyamiz va qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Mikroto’lqinli pech yoki suv banyasida jelatinni eritamiz, lekin qaynatmaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Malinani blender yordamida pyure holatiga keltiramiz. Eritilgan jelatinni pyurega qo’shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashtirib, plyonka solingan 16 sm diametrlik qolipga quyamiz. Muzlatgichga 40 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuxumni shakar upasi, vanilin va bir chimdim tuz bilan qatirib ko’pirtiramiz. Shakar upasini birozdan qo’shamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Unni elab, qabartma bilan aralashtiramiz. Ko’pirtirilgan tuxumga qo’shamiz va ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz,.

Qadam 8
Tugallandi

Sariyog’ni eritamiz, xamirga qo’shib, silikon lopatka bilan aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni 18 sm diametrlik pergament qog’ozi solingan qolipga quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

180C gacha qizdirilgan pechga 30-35 daqiqaga qo’yamiz.
Tayyorligini quruq tayoqchada tekshiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Biskvitni panjara ustida sovutamiz. Sovugandan so’ng o’rtasidan 2 qismga kesamiz.

Qadam 12
Tugallandi

270 millilitr sovuq qaymoqni 100 gramm shakar upasi bilan mikserda ko’pirtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Ochiladigan qolipni 18 smga o’rnatib, tarelka ustiga qo’yamiz.

Qadam 14
Tugallandi

Tarelkaga biroz krem surtib, ustiga biskvitni yopishtiramiz, sut bilan namlaymiz.

Qadam 15
Tugallandi

Kremni qandolat qopiga solib, biskvit ustiga bir tekislikda surtamiz.

Qadam 16
Tugallandi

Tortning o’rtasiga, krem ustiga malinadan jeleni o’rnatamiz. Qolip va jele orasini kremlaymiz, shuningdek jele ustiga ham krem surtamiz.

Qadam 17
Tugallandi

Ikkinchi qatlamni ham sut bilan namlaymiz, jele ustiga o’rnatib, qo’l bilan ezamiz. Plyonka bilan berkitib, sovutgichga 1-2 soatga qo’yamiz.

Qadam 18
Tugallandi

Sovutilgan tortni qolipdan chiqaramiz.

Qadam 19
Tugallandi

Idishga tvorogli pishloq, qolgan qaymoq va shakar upasini solib, 3 daqiqa davomida mikserlaymiz. Bu kremni tort istiga surtib, rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Qadam 20
Tugallandi

Tayyor tortni 30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.
Tortni sovutgichda 72 soatgacha saqlash mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

  • 2 soat
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta tuxum
65 gramm Dr.Oetker shakar upasi
1 choy qoshiq Dr.Oetker vanil shakari
bir chimdim tuz
110 gramm un
8 gramm dr.Oetkerdan qabartma
40 gramm sariyog'
Malinalik jele uchun
320 gramm malina
10 gramm Dr.Oetker jelatini
60 millilitr sovuq suv
Krem uchun
400 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
160 gramm Dr.Oetker shakar upasi
230 gramm tvorogli pishloq
oldingi
Tuxumsiz shokoladli keks
keyingi
Batafsil fotoretsept: qizil loviyalik salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.