Frikadelka va qovoqchali lapshadan tayyorlangan yengil shoʻrva
Masalliqlar:
-
300 gramm tovuq filesi
-
1 dona piyoz
-
1 dona qovoqcha
-
1 dona qizil sabzi
-
1 dona pomidor
Yo’nalishlar
Bunday yengil sho’rva tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt kifoya qiladi. Unga solinadigan qovoqcha esa taomning yanada mayinroq chiqishini ta’minlaydi.
Shuningdek bunday sho’rva parhezbop taom bo’lib, undan yosh-u qari birdek iste’mol qila oladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 11 000 soʻm sarf qilinadi*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq filesi | |
1 dona piyoz | |
1 dona qovoqcha | |
1 dona qizil sabzi | |
1 dona pomidor |
Qozonga ikki litr suv qo'yamiz va gazga qo'yamiz. Tovuq go'shti va yarimta piyozni mayda to'g'rab olamiz. Tuz va murch sepib, frikadelkalar yasab olamiz.
Qaynagan suvga ozroq tuz seppib, frikadelkalarni ham solamiz. Qolgan piyoz va sabzini somoncha shaklda to'g'rab, qozonga solamiz.
7-10 daqiqadan so'ng pomidorni qirg'ichdan chiqarib, qovoqchani esa somoncha shaklda to'g'rab solamiz. Ta'bga qarab lavr yaprog'ida solamiz va yana 3 daqiqacha qaynatib pishiramiz.
Pishgan taomga to'g'ralgan ko'katlardan sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq filesi | |
1 dona piyoz | |
1 dona qovoqcha | |
1 dona qizil sabzi | |
1 dona pomidor |