Pishloqli pechenyelar
Masalliqlar:
-
170 gramm un
-
100 gramm sariyog'
-
100 gramm motsarella pishlog'i
-
50 gramm parmezan pishlog'i
-
1 ta tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq smetana
-
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar
-
tabga ko'ra tuz
Yo’nalishlar
Pishloqli pechenyelar — yosh-u qariga birdek yoquvchi yeguliklardan biridir. Ular har qanday taomga ajoyib qoʻshimcha vazifasini oʻtaydi.
Pishloqli pechenyelar qarsildoq boʻlib, pishloq ta’miga toʻyinib pishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 29 000 soʻm sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
170 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm motsarella pishlog'i | |
50 gramm parmezan pishlog'i | |
1 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq smetana | |
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar | |
tabga ko'ra tuz |
Muzdek sariyogʻni toʻgʻrab, un ustidan solamiz va qoʻlda yaxshilab ishqalaymiz.
Qirgʻichdan chiqarilgan pishloq, tuxum sarigʻi va smetanani ham solamiz va xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qoʻyamiz.
Tingan xamirni 1-2 sm qalinlikda yoyib, uchburchak shaklda kesib chiqamiz. Qandolatchilik qopchasiga moʻljallangan uchliklar yordamida teshikchalar kesib chiqamiz.
Pergament qogʻoz ustidan terib, pechenyelarga tuz sepamiz.
200 C darajada qizigan pechga qoʻyib, 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
170 gramm un | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm motsarella pishlog'i | |
50 gramm parmezan pishlog'i | |
1 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq smetana | |
ta'bga qarab italyancha xushbo'y ziravorlar | |
tabga ko'ra tuz |