Pishirilgan baqlajonlardan qayla-pashtet
Masalliqlar:
-
500 gramm baqlajon
-
50 gramm smetana
-
4 ta shoxcha shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Ko’pincha mavsumiy sabzavotlardan nimalar tayyorlasak bo’ladi deb ko’p so’raysizlar. Shu sabab ham bugun baqlajonlardan ajoyib pashtet tayyorlashga qaror qildik.
Bunday qayla juda tez tayyorlanilib, har qanday taomga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 10 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm baqlajon | |
50 gramm smetana | |
4 ta shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Baqlajonlarni yuvib, artb olamiz. Bir nechta joyini pichoq bilan sal kesib chiqamiz.
200 C darajada qizigan pechda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganidan so'ng esa po'srini olib tashlaymiz.
Shivitning qattiq poyachasini olib tashlab, o'zini esa mayda qilib to'g'raymiz.
Blender idishiga baqlajonni to'g'rab solamiz, ustidan smetana va shivitni solib, yaxshilab ezib maydalaymiz.
Tuz va murch sepamiz.
Qayla tayyor!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm baqlajon | |
50 gramm smetana | |
4 ta shoxcha shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |