Videoretsept: shokoladli tort-muzqaymog’i
Masalliqlar:
-
Asosiga:
-
180-200 gramm "Molochnoe" pechenyesi
-
70 gramm eritilgan sariyog'
-
Muzqaymog'iga:
-
4 ta plitka "Crafers" qora shokoladi
-
5 dona banan
-
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Yo’nalishlar
Issiq kunlarda mazali va muzdekroq yegulikdan iste’mol qilgimiz keladi. Ana shunday vaqtlarda shokoladli tort-muzqaymoqdan tayyorlab ko’ring.
Tort yarim soat ichida tayyorlanilib, bir kecha muzlatgichda qoldiriladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 68 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
180-200 gramm "Molochnoe" pechenyesi | |
70 gramm eritilgan sariyog' | |
Muzqaymog'iga: |
|
4 ta plitka "Crafers" qora shokoladi | |
5 dona banan | |
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |
Pechenyelarni blender yoki o'qlov yordamida ezib, maydalab olamiz.
Eritilgan sariyog'ni ustidan quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Aylanasi 18-20 sm li qolipga pergament qog'oz to'shaymiz. Pechenyeli aralashmani solib, ustini tekislab chiqamiz. So'ng 15-20 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.
Bananlarni po'stini archib, o'zini blenderda ezib maydalab olamiz.
Shokoladlarni pichoq yordamida maydalab olamiz. Ular qanchalik mayda bo'lsa, erishi shunchalik oson kechadi.
Qaymoqni qozonchaga solib, qizdirib olamiz, ammo qaynatmaymiz.
Issiq qaymoqni shokolad ustidan quyib, shokolad to'liq erigunicha aralashtirib olamiz.
Shokoladli aralashmaga maydalangan bananlarni solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Shokoladli aralashmani pechenyelar ustidan qolipga quyamiz. So'ng 10-12 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifasi: @crafersuz
Facebookdagi rasmiy sahifasi: Crafers
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
Asosiga: |
|
180-200 gramm "Molochnoe" pechenyesi | |
70 gramm eritilgan sariyog' | |
Muzqaymog'iga: |
|
4 ta plitka "Crafers" qora shokoladi | |
5 dona banan | |
500 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |