Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: “Registon” salati
Masalliqlar:
-
2 ta baqlajon
-
2 ta qovoqcha
-
2 ta bulg'or qalampirihar xil rangdagi
-
150 gramm qaynatilgan mol go'shti
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
2 shoxcha ko'katlarxohishga qarab
Yo’nalishlar
“Xiva” restoranining taomnomalari ro’yxatidan ajoyib salat topdik. Nomini go’zalligini aytmaysizmi – “Registon”, ayni salatning o’ziga mos. Bosh oshpazdan tayyorlash usulini bilib oldik.
Iliq, mazali, chiroyli , bu salatga ta’riflar son-sanoqsiz. Ularning barchasini sanab o’tgandan ko’ra, salatni tayyorlab ko’rib, o’zingiz baho berganingiz ma’qul.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
150 gramm qaynatilgan mol go'shti | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
2 shoxcha ko'katlar |
Sabzavotlar yuvilib, quritiladi va o’rtacha to'rtburchak shaklda to’g’raladi.
Tovaga yog' solib, qizdiriladi va barcha sabzavotlar solib, bir oz qovurib olinadi.
Sabzavotlar yumshab ketmasligi kerak.
Qaynatilgan go’shtni to'rtburchak qilib to’g’rang va sabzavotlarga qo’shing.
Tuzlang, murch va mayda to’g’ralgan ko’katlar (ta'bga ko’ra) soling.
Yaxshilab aralashtirib, iliq holda dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!
Hyatt Regency mehmonxonasi xodimlariga suratga olish va yuqoridagi ma'lumotlarni tayyorlash jarayonlarida ko’maklashganlari uchun alohida tashakkur bildiramiz!
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
150 gramm qaynatilgan mol go'shti | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
2 shoxcha ko'katlar |