Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq jigari
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq jigari
-
1 bosh piyoz
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Tovuq jigaridan tayyorlangan ajoyib taom retseptini taqdim etamiz. Ular qaymoqli qaylada tayyorlanilishi sabab ham juda yumshoq va o’zgacha ta’mda bo’lib pishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq jigari | |
1 bosh piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Jigarlarni yuvib, pelyonkasidan tozalab olamiz. O'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Tovaga o'simlik yog'i solib, to'g'ralgan jigarlarni yarim tayyorbo'lguniga qadar qovurib olamiz.
Piyoz va sarimsoq piyozni to'g'rab ustidan solamiz, so'ng birgalikda 5-6 daqiqa davomida qovuramiz.
Qaymoqni quyib, tuz va murch sepamiz. Qopqog'ini yopib, 10-15 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.
To'g'ralgan ko'katlardan sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq jigari | |
1 bosh piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
150 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |