fbpx
Kartoshkali kotletlar

Kartoshkali kotletlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kartoshkali kotletlar — juda ajoyib ko’rinishdagi yegulik bo’lib, ularni asosiy taom sifatida ham, taomga qo’shimcha garnir sifatida ham tortish mumkin.

Bunday kotletlarga juda oddiy masalliqlar sarflanilsa ham, ta’mi esa juda mazalidir.

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm kartoshka
1 dona tuxum
1 osh qoshiq smetana
yarim bog' shivit
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
belab olish uchun un
ta'bga qarab tuz va murch
pichoqning uchida zarchava
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani po'stini archib, xuddi pyurega pishiradigandek qaynatib olamiz.

Xom tuxumni solib, kartoshkani ezib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz, murch va ziravorlarni sepamiz. Smetana, to'g'ralgan ko'katlar va pishloqni solib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmadan kotletchalar yasab olamiz va ularni unga belab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yog' solingan tovada kotletlarni qovurib olamiz. Har bir tomonini qovurish uchun taxminan 5 daqiqadan vaqt sarflaniladi.

Tayyor kotletlarni xohlagan qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm kartoshka
1 dona tuxum
1 osh qoshiq smetana
yarim bog' shivit
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
belab olish uchun un
ta'bga qarab tuz va murch
pichoqning uchida zarchava
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
«Dangasa» do’lmalar
keyingi
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.