fbpx
Tezpishar pechenyelar

Tezpishar pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mayin, tezpishar va juda mazali bo’lgan bunday pechenyelarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Aytgancha, bu pechenyelarning xamiriga umuman shakar solmaymiz, ichiga solinadigan jem va ustidan shakar upasini sepishning o’zi bilan chegaralanamiz.

Quyidagi masalliqlardan 65 dona pechenyelar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 23 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

350 gramm un
180 gramm sariyog'
180 gramm smetana
2 choy qoshiq qabartma
170 gramm jem yoki povidlo
2 osh qoshiq shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi sariyog'ni smetana bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qabartma bilan unni elab solamiz va yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tingan xamirni teng ikkiga bo'lamiz, birinchi qismini yana sovutgichga olib qo'yamiz.

Xamirni ikkinchi qismini 3-4 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chetlarini tekis qilib kesib olamiz. Xamirsan 5x5 sm kattalikdagi to'rtburchak shakllar kesib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirchalar o'rtasiga yarim choy qoshiqdan jem solib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir bo'laklarini ikkita uchini ochilib yaxshiroq yopishtirib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelarni pergament qog'oz ustiga terib, 180 C da 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pechenyelarni uncha qizartirib yubormaymiz, ular ochiqriq rangda bo'ladi.

Qadam 9
Tugallandi

Pechenyelar ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

350 gramm un
180 gramm sariyog'
180 gramm smetana
2 choy qoshiq qabartma
170 gramm jem yoki povidlo
2 osh qoshiq shakar upasi
oldingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq
keyingi
Sushi-tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.