Tovuq go’shti va grechkadan tayyorlangan teftellar
Masalliqlar:
-
1 kilo tovuq go'shti (lahm)
-
300 gramm piyoz
-
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 dona tuxum
-
120 gramm grechka
-
120 gramm smetana
-
50 gramm qaymoq
-
100 gramm pishloq
-
1 bog' petrushka
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab oregano
Yo’nalishlar
Har kunlik taomnomaga tovuq go’shti va grechkadan tayyorlaniladigan teftellardan pishirish mumkin. Ularning ta’mi guruch solinadiganlariga qaraganda yomon chiqmaydi.
Teftellarni har xil gazak va qaylalar bilan birga tortish mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 43 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti (lahm) | |
300 gramm piyoz | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona tuxum | |
120 gramm grechka | |
120 gramm smetana | |
50 gramm qaymoq | |
100 gramm pishloq | |
1 bog' petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab oregano |
Grechkani tuzli suvga solib, qaynatib olamiz.
Tovuq go'shtini oshxona kombaynida maydalaymiz, yoki go'sht qiymalagichdan chiqarib olamiz.
Piyoz va sarimsoqpiyozni ham xuddi shunday maydalay olamiz.
Tuz, murch va oreganoni sepamiz. Qaynatilgan grechkani solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Pishloqning yarmini to'rtburchak qilib to'g'raymiz, qiymadan teftellar yasab, har birining orasiga bittadan pishloq qo'yib chiqamiz.
Teftellarni issiqqa chidamli qolipga terib chiqamiz.
Qaymoq va smetanani yaxshilab aralashtirib olamiz, ichiga mayda to'g'ralgan ko'katlar va qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni solib aralashtiramiz va teftellarning ustidan quyamiz.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 kilo tovuq go'shti (lahm) | |
300 gramm piyoz | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 dona tuxum | |
120 gramm grechka | |
120 gramm smetana | |
50 gramm qaymoq | |
100 gramm pishloq | |
1 bog' petrushka | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab oregano |