Limon va apelsindan tayyorlangan «bir zumlik» murabbo
Masalliqlar:
-
3 dona limon
-
3 dona apelsin
-
1 kilo shakar
Yo’nalishlar
Ertalabgi nonushtada yorqin va tillarang ishtahaochar murabbolar issiq choy bilan ayni muddaodir.
Limon va apelsindan tayyorlaniladigan bu murabbo juda tez tayyorlanib, mevalar uzoq muddat qaynatilmaydi.
Shu sabab ham ulardagi ko’pgina vitaminlar saqlanib qoladi.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Limon va apelsinlarni yuvib olamiz.
Kattaroq idishga solib, ustidan qaynoq suv quyamiz. 10 daqiqadan so'ng suvini to'kib tashlab, yana bir marta qaynoq suvdan quyamiz.
Bu ulardagi achchiq ta'mni yo'qotish uchun kerak bo'ladi.
Limonlarni parrak qilib to'g'raymiz va danaklaridan tozalaymiz.
Apelainlarni po'stini archib olamiz - u bizga kerak bo'ladi.
Uning ostidagi oq po'stini archib tashlaymiz, chunki u kerak bo'lmaydi.
Apelsinlarni ham parrak qilib to'g'rab, danakchalaridan tozalab olamiz.
Limon va apelsinlarni po'sti bilan birga go'shtqiymalagich yoki oshxona kombaynida maydalab olamiz.
Ularni kattaroq idish yoki qozonga solib, ustidan shakar sepamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz. Bunda muntazam kovlab turishni unutmaymiz.
Qaynash boshlangandan so'ng 5 daqiqa qaynatamiz.
Shu jarayonni yana bir marotaba takrorlaymiz.
Issiq murabbolarni toza bankachalarga solib, 3-4 haftagacha sovutgichda saqlaymiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.