fbpx
Qizil lavlagili issiq shoʻrva

Qizil lavlagili issiq shoʻrva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga juda mazali va xushboʻy, oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan qizil lavlagili shoʻrva retseptini taqdim etamiz.

Tavsiya: qizil lavlagili shoʻrvani pishirganda soʻng biroz muddatga tindirib qoʻying, shunda qizil lavlagi butun sharbatini chiqarib, yanada mazali taʼmga kiradi. Bu taomni smetana bilan birga dasturxonga torting.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 21 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm milliy goʻshti suyagi bilan
300 gramm qizil lavlagi
250 gramm kartoshka
150 gramm piyoz
200 gramm qizil sabzi
200 gramm po'stidan tozalangan pomidor
20 millilitr o'simlik yog'i
taʼbga qarab tuz va murch
1-2 ta lavr yaprog'i
taʼbga qarab sarimsoqpiyoz
birga tortish uchun smetana
Qadam 1
Tugallandi

Qizinga goʻsht va 2.5 litr sovuq suv solamiz va qaynatamiz. Vaqti-vaqti bilan koʻpigini olib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni yarim halqa qilib toʻgʻraymiz va tovaga solib qovuramiz. Qirgʻichdan chiqarilgan sabzi va qizil lavlagini ham solib, yumshaguniga qadar qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan pomidorni ham qirgʻichdan chiqarib solamiz, ehtiyojga qarab 50 ml suv solamiz va 5-7 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Soʻng qovurilgan masalliqlarni bulyonga solamiz, tuz va murch sepamiz, lavr yaprogʻini ham solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshkani toʻrtburchak qilib toʻgʻraymiz va qizinga solib qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Soʻng past olovda 10-15 daqiqa pishirib olamiz. Pishgandan soʻng, 10 daqiqa tindirib qoʻyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Smetana va koʻkatlar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm milliy goʻshti suyagi bilan
300 gramm qizil lavlagi
250 gramm kartoshka
150 gramm piyoz
200 gramm qizil sabzi
200 gramm po'stidan tozalangan pomidor
20 millilitr o'simlik yog'i
taʼbga qarab tuz va murch
1-2 ta lavr yaprog'i
taʼbga qarab sarimsoqpiyoz
birga tortish uchun smetana
oldingi
Tovuqli «cho’ntakchalar»
keyingi
Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.