Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oshqozonchalari
Masalliqlar:
-
800 gramm tovuq oshqozonchalari
-
500 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
-
200 gramm piyoz
-
5 osh qoshiq qaymoq
-
qovurish uchun 3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
0,5 choy qoshiq oregano
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab lavr yaprog'i
Yo’nalishlar
Erkaklar yuragiga yo’l ularning oshqozonlari orqali deyishadi. Bugungi retseptimizning kaliti ham oshqozonda bo’lib, ammo tovuq oshqozonchalaridadir. Bu taom oqsilning manbai hisoblanadi, chunki oshqozonchalar ham, qo’ziqorin ham oqsilga boy mahsulot sanaladi.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq oshqozonchalari | |
500 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
200 gramm piyoz | |
5 osh qoshiq qaymoq | |
qovurish uchun 3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq oregano | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab lavr yaprog'i |
Tovuq oshqozonchalarini ortiqcha yog' va po'stidan tozalab olamiz, yaxshilab yuvamiz va tuzli suvga lavr yaprog'i va oshqozonchalarni solib, taxminan 1 soat davomida pishirib olamiz.
Tovaga yog' solib, to'rtburchak qilib to'g'ralgan piyozni qovuramiz. Qo'ziqorinni parrak qilib to'g'raymiz, piyoz ustidan solib, taxminan 10 daqiqacha qovuramiz.
Pishgan oshqozonchalarni suvini to'kib, qo'ziqorinlarning ustidan solamiz.
Ustidan qaymoqni solamiz, tuz, murch va oreganoni sepamiz. Taxminan 2 daqiqa dimlab qo'yamiz.
Taom tayyor! Uni sevimli gazak va salat bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq oshqozonchalari | |
500 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
200 gramm piyoz | |
5 osh qoshiq qaymoq | |
qovurish uchun 3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
0,5 choy qoshiq oregano | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab lavr yaprog'i |