Kievcha kotletlar
Masalliqlar:
-
4,5 ta tovuq filesi
-
2 ta tuxum
-
2 osh qoshiq unbulg'ash uchun
-
100 gramm maydalangan suxari
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
150 gramm yumshatilgan sariyog'
-
yarim bog' shivit
-
ta'bga qarab tuz
Yo’nalishlar
Usti qarsildoq, ichi esa juda sersuv va yumshoq bo’lgan kievcha kotletlarning retseptini qarshi oling.
Ko’pchilik uy bekalari bu yegulikni uyda tayyorlashdan cho’chishadi. Ammo aslini olganda bu qiyin ish emas. Kerakli masalliqlar ham deyarli har birimizning uyimizda mavjud
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 38 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4,5 ta tovuq filesi | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
100 gramm maydalangan suxari | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
150 gramm yumshatilgan sariyog' | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz |
Yumshagan sariyog'ga to'g'ralgan shivitdan solamiz va tuz sepib aralashtirib olamiz.
To'rtga bo'lib, har biriga kkta qoshiq yordamida ovalsimon shakl beramiz va muzlatgichga olib qo'yamiz.
Tovuq filesini iloji boricha kichkinarog'idan foydalaning, uning yarmining og'irligi 200 grammdan oshmasin, aks holda kotletlar juda ham katta bo'lib ketadi.
Fileni yarmini olib, o'rtasida uzun tik chiziq kesamiz va shu chiziqning ikkita orasini pichoq uchi bilan kesamiz. So'ng fileni katta qilib ochamiz.
Tuz va murch sepib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va oshxona bolg'achasi bilan to'mtoqlaymiz.
O'rtasiga muzlagan sariyog'larni qo'yib, avvalbikkta kichkina tomonini buklaymiz, so'ng kotletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Kotletlar shaklini yaxshi ushlashi uchun avval 20-30 daqiqa muzlatgichga olib qo'yamiz.
Kotletlarni avval unga, so'ng tuz solingan tuxumlarga, undan keyin esa maydalangan suxarilarga bulg'ab olamiz. So'ng yana tuxumga va suxarilarga bulg'aymiz.
Tovaga yig'ni solib yaxshilab qizdiramiz. Ichiga kotletlarni solib, har bir tarafini 1-2 daqiqadan qovuramiz.
So'ng kotletlarni qolipga terib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
Masalliqlar:
4,5 ta tovuq filesi | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
100 gramm maydalangan suxari | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
150 gramm yumshatilgan sariyog' | |
yarim bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz |