fbpx
  • Asosiy
  • Inglizlarga xos nonushta
Inglizlarga xos nonushta

Inglizlarga xos nonushta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Negadir ko’pchilik inglizlarni nonushtada faqat suli yormasini tanovvul qiladi deb hisoblaydi. Albatta bu bo’tqa choyxo’r xalqning taomnomasidan yaxshigina o’rin egallaydi, lekin u haqiqiy an’anaviy inglizcha nonushta emas.

Xo’sh unda Buyuk Britaniya aholisi nonushta uchun nimani ixtiyor etadi? Buni bilishni istaysizmi? Keling ularning kundalik taomnomasi bilan tanishamiz.

Tayyor bo’lgan taomimiz uchun taxminan 15 000 so’m talab etiladi.*

Masalliqlar:

Portsiya:
1 banka konservalangan qizil loviya
250 gramm tovuq filesi
3 tuxum
1 piyoz o'rtacha
1 bog' petrushka
ta'bga ko'ra achchiq qalampir
100 ml o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovada yog'ni qizdirib, mayda to'g'ralgan piyozni qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuq go'shtini o'rtacha kub shaklida to'g'rab olamiz. Uni tovadagi tillarangga kirgan piyozga qo'shamiz va yana 3-5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng konservalangan loviya bilan tomat sousini qo'shamiz va massalliqlarni 4-5 daqiqaga dimlab qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Taomning tuz va murchini ta'bga ko'ra to'g'irlab, pishirish uchun maxsus qolipga joylashtiramiz. Ustidan tuxumlarni chaqib solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxumlar pishishi uchun taomimizni 160 darajada qizib turgan gaz pechiga 5-7 daqiqaga qo'yamiz.
Dasturxonga tortishdan oldin ustini petrushka, xohishga ko'ra achchiq qalampir bilan bezatib olamiz.
Yoqimli ishtaha.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 160 daraja

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 banka konservalangan qizil loviya
250 gramm tovuq filesi
3 tuxum
1 piyoz o'rtacha
1 bog' petrushka
ta'bga ko'ra achchiq qalampir
100 ml o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
keyingi
Quritilgan olxo’ri va dimlangan mol go’shtidan tayyorlangan taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.