«Xachapuri House» kafesidan retsept: Guriyacha xachapuri
Masalliqlar:
-
400 gramm tayyor oshirma xamir
-
50 gramm margarin yoki sariyog'
-
100 gramm "suluguni" pishlog'i
-
100 gramm "emerat" pishlog'i
-
100 gramm brinzailoji bo'lsa quruq brinzani ishlatish kerak
-
5-6 ta yaxshilab qaynatilgan tuxum
-
1 ta tuxum oqi
Yo’nalishlar
«Xachapuri house» bugun o’zining juda mazali xachapurisining retseptini Zira.uz sahifasining o’quvchilarining taqdim etadi.
Guriyacha xachapuri Gruziyadagi eng sevimli va ko’p tayyorlaniladigan xachapurilaridan biri hisoblanib, u pishloq va tuxum solib tayyorlaniladi.
Masalliqlar:
400 gramm tayyor oshirma xamir | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
100 gramm "suluguni" pishlog'i | |
100 gramm "emerat" pishlog'i | |
100 gramm brinza | |
5-6 ta yaxshilab qaynatilgan tuxum | |
1 ta tuxum oqi |
Tayyor oshirma xamirni bir mushtlab yoyib olamiz. Ustidan yumshoq margarin yoki sariyog'ni surtamiz, so'ng xamirni konvertsimon shaklda buklaymiz. Bu jarayonni bir necha marotaba qaytaramiz, xamirni sovutgichga solib qo'yamiz.
Shunday qilib qatlamali oshirma xamir hosil qilamiz. Bunday xamirni sovutgichda 5 kungacha saqlash mumkin.
Barcha pishloq turlarini go'shtqiymalagichdan chiqarib olamiz.
Qaynatilgan tuxumni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Bitta xachapuri uchun 200 gramm xamirdan olamiz va to'rtburchak shaklda yoyamiz.
So'ng shu xamirni romb shaklida stol ustiga qo'yamiz.
Xamirning tenng yarmiga 200 gramm pishloqli aralashma va to'g'ralgan tuxumdan solamiz. Ustidan xamirning yarmini yopib, chetlarini yaxshilab birlashtiramiz.
Xachapurilarning ustiga tuxum oqidan surtib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng ustiga sariyog' surtamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm tayyor oshirma xamir | |
50 gramm margarin yoki sariyog' | |
100 gramm "suluguni" pishlog'i | |
100 gramm "emerat" pishlog'i | |
100 gramm brinza | |
5-6 ta yaxshilab qaynatilgan tuxum | |
1 ta tuxum oqi |