Qovoqchali «chebureklar»
Masalliqlar:
-
500 gramm qovoqcha
-
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
-
2 ta tuxum
-
100 millilitr kefir
-
160 gramm to'la don uni
-
200 gramm piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Qovoqchalardan turli-tuman mazali yeguliklar pishirish mumkin. Yaqindagina ko’zimiz qovoqchadan tayyorlanilgan chebureklarga tushdi va tezda o’zimizni sinab ko’rdik.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarflaniladi .*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
160 gramm to'la don uni | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |
Piyozni mayda to'rtburchak qilib to'g'rab, yog' solingan tovada qizartirib qovurib olamiz.
So'ng gazning ustidan chetga olib qo'yamiz.
Qaynatilgan tovuq go'shtini ham mayda to'g'rab piyoz ustidan solamiz.
Tuz va murch sepib aralashtiramiz.
Qovoqchalarni po'sti bilan birgalikda qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Ustidan tuxum, un, kefir va ta'bga qarab tuz solamiz. Aralashtirib olamiz.
Tovaga ozroq yog' surtib qizdiramiz.
Ustidan qovoqchali aralashmani aylana shaklda solib chiqamiz.
Tagi sal qizarganida aylananing yarmiga tovuq va piyozli aralashmadan solamiz. Va birinchi tomoni bilan ikkinchi, asosli tomonini ustini yopamiz. Past olovda qovurib pishiramiz.
Qovoqchali "chebureklarni" issiqligida iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
300 gramm qaynatilgan tovuq go'shti | |
2 ta tuxum | |
100 millilitr kefir | |
160 gramm to'la don uni | |
200 gramm piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i |