fbpx
Shokoladli pankeyklar

Shokoladli pankeyklar

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Nonushta uchun do’mboqqina pankeyklardan mazalirog’i bormi? Ichi g’ovakli, shokolad bilan to’yintirilgan bu pishiriqning eng ishonchli retsepti!

    Ularni asal, jem yoki murabbo bilan birga dasturxonga tortishingiz mumkin. Yaqinlaringiz esa bunday nonushtani tez-tez tayyorlab turishingizni iltimos qilishlari aniq.

    Masalliqlar:

    2 ta tuxum
    80 gramm shakar
    90 gramm un
    30 gramm kakao
    2 choy qoshiq qabartma
    bir chimdim tuz
    1 osh qoshiq asal
    70 millilitr sut
    Qadam 1
    Tugallandi

    Un, kakao, qabartma va tuzni tog'orachaga solib, aralashtirib olamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Alohida idishda tuxum va shakarni yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

    Asal va sutni ustidan solib, aralashtiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    So'ng ichiga unli aralashmani solib aralashtirib olamiz. Ustini oziq-ovqat pelyonkasi yoki sochiq bilan yopib, 20-25 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Keyin tagi olmaydigan tovani gazga qo'yib qizdiramiz. Olov o'rtadan sal pastroq bo'lishi kerak.

    Qadam 5
    Tugallandi

    2-3 qoshiqdan xamir solib, aylana shaklda bo'lishiga harakat qilamiz.
    Ustida pufakchalar paydo bo'lsa, unda ag'darib olamiz. Keyingilarini ham xuddi shu usulda pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • Oddiy

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    2 ta tuxum
    80 gramm shakar
    90 gramm un
    30 gramm kakao
    2 choy qoshiq qabartma
    bir chimdim tuz
    1 osh qoshiq asal
    70 millilitr sut
    oldingi
    Videoretsept: Makkajo’xori solib pishirilgan tovuqli sate
    keyingi
    Ratatuy

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.