fbpx
Pishloqli pechenye

Pishloqli pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun siz tasavvur eta olmaydigan darajada mazali bo’lgan pishloqli pechenyelar retseptini kutib oling! Ichiga murch yoki achchiq qalampir solishda ikkilanmang.

Bu pechenyelarni xohlagan shakllardada yoki shunchaki kichkina piyolachada kesishingiz mumkin.

Pishloqli pechenyelarning ta’mi nafaqat kattalarga, balki bolalarga ham juda yoqadi.

Quyidagi masalliqlarda aylanasi 6 sm li 25-30 dona pechenyelar chiqadi.

Yegulikni tayyorlashga taxminan 22 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qattiq pishloq
60 gramm yumshatilgan sariyog'
125 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab qora murch
3 osh qoshiq smetana
Qadam 1
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichning mayda tishidan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unni elab olib, ustidan tuz, shakar, murch, yumshagan sariyog', qirg'ichdan chiqarilgan pishloq va smetanani solamiz. Yumshoqroq xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni mushtlab, aylana shaklga kiritganingizdan so'ng, un sepib xamirni 5 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xohlagan qolipchangizda pechenyelar kesib, pergament qog'oz to'shalga gaz pechi patnisiga terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ta'bga qarab ustiga pishloq va ziravorlar sepishimiz mumkin.

180 haroratda qizdirilgan gaz pechida tillarangga kirgunicha, taxminan 10-12 daqiqa pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm qattiq pishloq
60 gramm yumshatilgan sariyog'
125 gramm un
yarim choy qoshiq tuz
yarim choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
ta'bga qarab qora murch
3 osh qoshiq smetana
oldingi
Guruchli puding
keyingi
Quadro restoranidan retsept: Piccola kokteli

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.