Shirchoy
Masalliqlar:
-
400 millilitr sut
-
1/3 choy qoshiq qora choy
-
100 millilitr suv
-
1 osh qoshiq sariyog'
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab maydalangan yong'oq
Yo’nalishlar
Shirchoy bu sutdan tayyorlaniladigan taom bo’lib, u ajoyib nonushta bo’la oladi. Chunki sut vitaminlar manbai ekanligi hech kimga sir emas.
Bundan tashqari shirchoy uzoq vaqtgacha qorinni to’q tutar ekan, bu esa uni saharlikda tayyorlab iste’mol qilish uchun juda qo’l keladi.
Taomga taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 millilitr sut | |
1/3 choy qoshiq qora choy | |
100 millilitr suv | |
1 osh qoshiq sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab maydalangan yong'oq |
Qozonchaga quruq choyni solamiz, ustidan suv quyib, gaz plitasiga qo'yamiz. 1 daqiqacha qaynatamiz.
Ustidan sutni solib, qaynash darajasiga keltiramiz. Qaynash boshlagandan so'ng 7-8 daqiqa qaynatib, so'ng olovni o'chiramiz.
Tuz va murchini rostlab, kosalarga suzamiz. Qaynoqligida ustidan sariyog' bo'lakchasini solamiz. Ichiga to'g'ralgan non va maydalangan yong'oq solishni tavsiya qilamiz.
Hosil bo'lgan ta'm sizga albatta yoqadi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 millilitr sut | |
1/3 choy qoshiq qora choy | |
100 millilitr suv | |
1 osh qoshiq sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab maydalangan yong'oq |