Sassi – ozdiruvchi ichimligi
Masalliqlar:
-
2 litr toza ichimlik suvi
-
1 dona limon
-
1 dona bodring
-
10-15 ta yalpiz yaproqchalari
-
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil
Yo’nalishlar
Sassi suvi bu mazali ichimlik bo’lib, u yana ozdirishga ham yordam beradi.
Hamma parhezda ham ko’proq suv ichish tavsiya qilinadi. Parhez tutadigan kunlaringizni Sassi suvi bilan yanada mazaliroq qiling.
Ayniqsa, kunlar isigan paytlarda bunday ichimlik ichish juda xush yoqadi.
Quyida uning samaradorligi haqida gapirib o’tamiz:
- Siydik haydashni yaxshilaydi.
- Qorin dam bo’lishini oldini oladi.
- Yog’larni eritishni tezlashtiradi.
- Soch va terining umumiy holatini yaxshilaydi.
Bu ichimlikni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’pchilikka yoqadi degan umiddamiz.
Tayyorlanilgan ichimlikning taxminiy bahosi – 6 000 so’m.*
*narxi maqola chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 litr toza ichimlik suvi | |
1 dona limon | |
1 dona bodring | |
10-15 ta yalpiz yaproqchalari | |
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil |
Bodringni po'stidan archib olamiz.
Yupqa parrak qilib to'g'raymiz.
Limonni ham xuddi shunday to'g'rab olamiz.
Ko'zachaga yalpiz yaproqchalari, zanjabil, limon va bodringni solib, yog'ochli qoshiq bilan biroz ezamiz.
Bu ichimlik uchun faqatgina yangi zanjabildan foydalanish kerak, tayyorlashdan biroz oldin qirg'ichdan chiqarib olish yetarli.
Aralashma ustidan sovuq suv quyamiz va bir kechaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Bu ichimlik bir-necha soat tindirilishi sabab ham, uni kechqurun tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Hosil bo'lgan 2 litr ichimlikni kelasi kuni ichish kerak.
Bu kattalarda bir kunlik me'yorni tashkil qiladi.
Ichimlikni albatta sovutgichda saqlash kerak.
Sassi ichimligini 2-3 hafta mobaynida iching, so'ng 1-2 hafta dam oling.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 litr toza ichimlik suvi | |
1 dona limon | |
1 dona bodring | |
10-15 ta yalpiz yaproqchalari | |
1 osh qoshiq qirg'ichdan chiqarilgan zanjabil |
3 Sharhlar Hide Comments
Ассалом алекум шу сайтди рецептларни печат холида юклаб олиш имкониятини йоки тогридан тогри когозга чикариб олиш имконияти куйилса янаяам яхши болар эди
Assalomiu aleykum, Xadicha! Izoh va taklifingiz uchun rahmat! Kelgusida bunday imkoniyatni yaratishga harakat qilamiz.
Tug’ri etdilar har doim ham internetan foydalanish imkoni bulurmidiyu, buni vaqtida kurib word orqali skachat qivosagan hohlagan vaqta tayyorlashga imkon bolar edi