fbpx
Lazanya

Lazanya

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Bolonyeze qaylasiga:

  • Beshamel qaylasiga:

Yo’nalishlar

Lazanya bu italyan oshxonasining klassik taomlaridan biri bo’lib, butun dunyoda sevib iste’mol qilinadi. U oila davrasida iste’mol qilishda ham, bayramlarda dasturxonga tortishga ham juda qulay taom hisoblanadi.
Lazanya uchun xamirni biz Barilla savdo belgisi ostidagi mahsulotdan ishlatdik. Siz ularni uyda tayyorlashingiz yoki beshbarmoq taomiga mo’ljallangan xamirli bo’lakchalardan ham foydalanishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Bolonyeze qaylasiga:
800 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona qizil sabzi
4-5 ta pomidor
200 millilitr qizil vino
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab ziravorlar
Beshamel qaylasiga:
750 millilitr sut
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq un
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
300 gramm lazanyaga mo'ljallangan pastalar
Qadam 1
Tugallandi

Bolonyeze qaylasi

Piyoz, sarimsoqpiyoz va sabzini mayda to'g'rab olamiz. Pomidorlarni po'stidan ajratib, qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kattaroq tovaga yog'ni solib qizdiramiz, piyoz va sarimsoqpiyozni solib, qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiyma va sabzini solib biroz qovuramiz, so'ng qizil vinoni solib bug'i chiqib, vino qolmaguncha yaxshilab qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor va ziravorlarni solamiz. Albatta tuz, murch, bir chimdim shakar, rozmarin, oregano va rayhon soling.

Qadam 5
Tugallandi

Qopqog'ini yopib, past olovda bir soat davomida dimlaymiz.Italyanlarning aytishicha, qaylani qanchalik uzoq qaynatsangiz, u shunchalik shirin chiqadi. Shunday ekan, bu taomni ertaroq tayyorlashni boshlang. Vaziyatga qarab suv solishingiz ham mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Beshamel qaylasi

Tovaga yog' va unni solib qovuramiz. Silliq va to'q tillarangli massa hosil bo'lishi kerak. Bu taxminan 2-3 daqiqani oladi.

Qadam 7
Tugallandi

Sutni solib yaxshilab aralashtiramiz. Tuz, murch va muskat yong'og'ini solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Muntazam aralashtirib, 3-4 daqiqa davomida qaynatamiz. Qayla sal quyuqlashadi.

Qolipga Bolonyeze qaylasining bir qismini tekis qilib solamiz, ustidan pastani terib chiqamiz va beshamel qaylasini quyamiz. Bu harakatni taxminan yana bir marotaba qaytaramiz. 180-200 C darajada 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pasta o'rniga beshbarmoqqa mo'ljallangan xamirlar ham to'g'ri keladi, ular barcha supermarketlarda sotiladi va hamyonbop narxda turadi.

Xohishga qarab pishishidan 5-10 daqiqa oldin pishloq sepib olishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Bolonyeze qaylasiga:
800 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona qizil sabzi
4-5 ta pomidor
200 millilitr qizil vino
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab ziravorlar
Beshamel qaylasiga:
750 millilitr sut
50 gramm sariyog'
2 osh qoshiq un
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
300 gramm lazanyaga mo'ljallangan pastalar
oldingi
SalSal restoranidan retsept: Xolvaytar shirinligi
keyingi
Videoretsept: rogaliklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.