fbpx
Videoretsept: rogaliklar

Videoretsept: rogaliklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugungi rogaliklarimizni xamiri tvorogli pishloqdan qilingan bo’lib, bu ularning og’izda erib ketishini ta’minlasa, asos sifatida yeryong’oq pastasi qo’shilganligi unga o’zgacha ta’m va maza baxsh etadi.

Bunday rogaliklar ertalabgi nonushta uchun ham, kechki choy bilan yeyishga ham juda ajoyib tanlovdir.

Masalliqlar:

Portsiya:
225 gramm yumshatilgan sariyog'
220 gramm tvorogli pishloq
80 gramm shakar
300 gramm un
100 gramm yong'oq
50 gramm yeryong'oq pastasi
1 dona tuxum sarig'i
50 gramm qo'ng'ir rangli shakar
Qadam 1
Tugallandi

Idishga xona haroratida yumshagan sariyog' va tvorogli pishloqni solamiz.

Mikserda silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng aralashtirishni to'xtatmay, shakar solamiz va aralashtirishda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng oz-ozdan un solamiz. Xamir o'rtacha yumshoqlikda, qo'lga yopishadigan bo'ladi, bu normal holat.

Xamirni yelim qog'ozga solamiz va 40-60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Bu vaqt mobaynida rogaliklar asosini tayyorlab olamiz. Yong'oqni ozroq maydalab olamiz. Yeryong'oqli pastani ozroq qizdirib olamiz, bunda u biroz yumshaydi va uni surtish osonroq kechadi.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni olib, 4 ta teng qismga bo'lamiz.

Har bir qismni aylana shakliga keltirib, 3 mm qalinlikda yoya boshlaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni 8 ta teng qismga bo'lamiz. Har biriga 1 choy qoshiqdan yeryong'oqli pasta surtamiz va ustidan yong'oq sepib, o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Patnisga qo'yib, ustidan tuxum sarig'i surtamiz va shakar sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

175 C da 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 175 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
225 gramm yumshatilgan sariyog'
220 gramm tvorogli pishloq
80 gramm shakar
300 gramm un
100 gramm yong'oq
50 gramm yeryong'oq pastasi
1 dona tuxum sarig'i
50 gramm qo'ng'ir rangli shakar
oldingi
Lazanya
keyingi
Karamelli obakidandonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.