fbpx
Videoretsept: «Baunti» batonchiklari

Videoretsept: «Baunti» batonchiklari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlanadigan “Baunti” shokoladini oson retseptini sizga taqdim etamiz. Uning uchun atigi 4 ta masalliq va biroz bo’sh vaqt kerak bo’ladi, natijasi esa sizni hayron qoldiradi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 60 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm kokos qirindisi
300 gramm quyultirilgan sut
200 gramm sutli shokolad
25 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kokos qirindisini quyultirilgan sut bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hosil bo’lgan massadan kichkina batonchiklar shakllantiramiz, idish ustiga terib, muzlatgichga 30 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shokoladni mikroto’lqinli pech yoki suv banyasida eritamiz. O’simlik yog’i qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Batonchiklarni shokoladga, butunlay qoplashi uchun, solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Batonchiklarni panjara ustiga terib, sovutgichga 15 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor batonchiklarni sovutgichda 5 kungacha saqlaymiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 10
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm kokos qirindisi
300 gramm quyultirilgan sut
200 gramm sutli shokolad
25 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: italyancha toblatma
keyingi
Videoretsept: shokoladli sirniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.