Qovoqchali qarsildoq tayoqchalar
Masalliqlar:
-
2 ta qovoqcha
-
200 gramm smetana
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
100 gramm maydalangan suxari
-
100 gramm pishloq
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Ta’riflab bo’lmaydigan darajada lazzatli gazakni ham oddiy masalliqlardan tayyorlash mumkin bo’lib, qovoqchali qarsildoq tayoqchalar ana shulardan biridir.
Shuningdek tayyorlash jarayoni ham ko’p vaqtni olmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 13 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
200 gramm smetana | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm maydalangan suxari | |
100 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Qovoqchani qayroqcha shaklida to'g'rab chiqamiz.
Kichikroq idishga smetana, maydalangan sarimsoq piyoz, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq (ozroq ustiga sepish uchun olib qo'amiz) va suxarilarni solib, aralashtiirb olamiz.
Aralashma bo'tqasimon holatga kiradi. Qovoqchalarni bir tomonida ushlab, aralashmaga botirib olamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, 180 C darajada 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qarsildoq qovoqchalarni sevimli souslardan biri bilan dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta qovoqcha | |
200 gramm smetana | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
100 gramm maydalangan suxari | |
100 gramm pishloq | |
ta'bga qarab tuz va murch |